Aksiyadorlik jamiyatlari vakillari korportav boshqaruv sohasida qonunlarga kiritilgan o'zgartishlar bilan tanishtirildi

Печать

Mamalakatning iqtisodiy salohiyatini oshirishda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish alohida ahamiyatga ega.  Chet el sarmoyalari  iqtisodiyotimizning xalqaro mexnat taqsimotida ishtirok etishi, tadbirkorlik uchun erkin bo'lgan tarmoqlarga kiritilgan  kapital  natijasida  ishlab chiqarishni tarkibiy va texnologik modernizatsiya qilish jarayonlari  yanada jadallashadi. Qimmatli qog'ozlarning markaziy depozitariysi tomonidan Respublika birja markazida  "Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo'yicha qonunchilikdagi o'zgarishlar" mavzusida seminar o'tkaziladi.

Ishlab chiqarish aktivlarining 80 foizidan ortig'i  davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish orqali tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida to'plangan. Shu bois  davlatimiz rahbarining  2015 yil 21 dekabrdagi”Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorining qabul qilinishi korporativ boshqaruvni takomillashtirish bo'yicha kompleks ishlarning mantiqiy davomi bo'ldi. Unga ko'ra, aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalida xorijiy investorlarning ulushi  15 foizdan kam bo'lmasligi kerak.

Seminarda  ishtirokchilar aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo'yicha qonunchilikka kiritilgan  o'zgartirishlar bilan tanishtirildi. Shu bilan birga  unda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni , aksiyadorlik jamiyatlari ijroiya organlarining samaradorligini baholash mezonlari, Korporativ boshqarish Kodeksi va boshqa me'yoriy hujjatlarni jamiyatlar faoliyatiga joriy qilish masalalari ko'tarildi.

news.uzreport.uz

Сўнгги ўзгартириш: 31.05.2016 18:17