Национальная Холдинговая Компания “Узбекнефтегаз”

A+ A-
  • (998 71) 233-57-57 Ягона алоқа рақами
  • (998 71) 233-28-88 Ишонч телефони
  • (998 71) 236-76-58 Девонхона

“Саноат корхоналарининг энергия самарадорлигини ошириш” лойиҳаси

 

OZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT 
VAZIRLIGI

JAHON BANKI

“SANOAT KORXONALARNING ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH” LOYIHASI

 

Loyiha davomiyligi:

2011-2018yy.

Kredit raqami:

Birinch bosqich - 4745-UZ

Ikkinchi bosqich - 5241-UZ

Kredit miqdori:

4745-UZ -25 million AQSh dollar

5241-UZ -100 million AQSh dollar

Qatnashayotgan banklar:

«Asaka» DATB, «O’zsanoatqurilishbank» ATB, «Hamkorbank» ATB

Huquqiy  hujjatlar:

O’zbekiston Respublikasi BM Qarori №211,25.07.2011y.

O’zbekiston Respublikasi BM Qarori № 168, 12.06.2013y.

Amalgaoshirishhududlari:

O’zbekiston Respublikasi

Koordinatsionidorasi:

O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi

Loyiha koordinatsiyalash guruhi (LKG)

Murojat uchun ma’lumot:

Tel: +998 71 2326419,

E-mail: uzeef4745@gmail.com

Veb-sahifa:

https://mineconomy.uz/uz/uzeef,

Bugungi kunda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda barcha resurslardan, ayniqsa energiya va xomashyodan samarali foydalanish dolzarb masalalaridan sanaladi. O‘zbekiston ham, tabiiy resurslarga boy mamlakat bo‘lib, energiya samarador texnologiyalarni joriy etishni rivojlantirish va kengaytirish, energiya resurslaridan okilona foydalanishga qaratilgan innovatsion yondashuvlarni  tatbiq qilishdan manfaatdor.  Resurslardan samarali foydalanish tamoyili nafaqat energiya zaxiralarini mamlakatimizning kelajak avlodi uchun tejab qolish, balki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, ichki va xalqaro bozorlarda mahalliy korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish hisobiga iqtisodiy o‘sishga xizmat qilish nazarda tutilgan.

Aynan barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan energiyani tejash va energiya samaradorligini imkoniyatlarini kengaytirish sohasida faol ishlar olib bormoqda. “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyiha shunday ishlaridan biri deb hisoblanadi.

2011 yilda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 25 iyuldagi 211-sonli "Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ishtirokida" Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish "loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Jahon banki bilan hamkorlikda ushbu loyihani amalga oshirishni boshlashdi. Shunda, Loyiha Jahon banki tizimidagi Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining uzoq muddatli imtiyozli 25 million AQSH dollar (birinchi bosqich) miqdorida kredit jalb qilingan.

Hozir esa mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 12 iyundagi 168-sonli “Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ishtirokida  "Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish" loyihasini amalga oshirish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga binoan, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi  tomonidan qo‘shimcha moliyalashtirish hisobiga yangi bosqichda amalga oshirilmoqda. Bosqich doirasida O‘zbekiston Respublikasi sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish maqsadlari uchun 100 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ni o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Ushbular tufayli, "O‘zsanoatqurilishbank", "Asaka" bank va  "Hamkorbank" yordamida zamonaviy asbob-uskunalar sotib olish va energiya samaradorlik texnologiyalarini joriy etish uchun milliy sanoat korxonalari uchun kredit jalb qilish imkoniyat yaratildi.

Loyihaning asosiy maqsadi — energiya samaradorligini oshirishda moliyaviy investitsiyalar uchun ishlab chiqilgan mexanizmlar orqali sanoat korxonalarning energiya samaradorligini oshirishga qaratilganligi bilan izohlanadi. Ya’ni, ushbu loyiha milliy bank tizimida bunday mexanizmni yaratishga qaratilganki, energiyani yuqori darajada sarflaydigan korxonalarga yangi, energiya samarador uskunalar sotib olish va energiyani tejash subloyihalarini amalga oshirish uchun kredit olish imkonini beradi.

Tuzilishi: Loyihamaqsadi ikki asosiy qismlari orqali amalga oshiriladi.

A Komponent - energiya samaradorligini oshirish sohasida salohiyatni kuchaytirish maqsadida sanoat korxonalari va banklari uchun qulay investitsion shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan. Xususan, ishlab chiqarish korxonalari mutaxassislarining professional salohiyatini rivojlantirish, ya'ni energiya samaradorlik sohasida bilim va tajriba darajasini oshirish, hamda energiya samaradorlik investitsiyalarning foydasi haqida davlat sektori, fuqarolik jamiyatining xabardorligini oshirish yo‘nalishi hisoblanadi. Shu bilan birga, qo‘shimcha moliyalashtirish jarayonida mamlakatimizda energiya iste'moli va energiya samaradorligi sohasida statistik hisobotini takomillashtirish nazarda tutilgan.

B Komponenti yuqorida to‘xtab o‘tilgan tijorat banklari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshiriladi. Ushbu banklarga Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan kredit mablag‘lari ajratiladi. Kredit mablag‘lari esa banklar o‘rtasida teng miqdorida taqsimlanib (birinchi kredit liniyasi -  8 million AQSH dollari, ikkinchi kredit liniyasi esa - 33 million AQSH dollaridan), energiya samarador asbob-uskunalarni xarid etish uchun sanoat korxonalariga yo‘naltiriladi. Xalqaro kreditdan tashqari, tijorat banklari o‘zlarining mablag‘laridan ham hamkor sifatida qo‘shimcha moliyalashtirishni amalga oshiradilar. 

Erishilgan natijalarO‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Jahon banki tashabbusi bilan yaratilgan moliyaviy mexanizmi tufayli birinchi kredit liniyasida modernizatsiya qilish va eskirgan uskunalarni almashtirish uchun 37 sanoat loyihalariga 34 million AQSH dollar kredit olinib, shu jumladan 24 million AQSH dollar Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi tomonidan ajratilgan.

Loyihalar tog‘-kon, kimyo, elektr energiyasi, neft va gaz va qayta ishlash kabi energiyani ko‘p mikdorda iste’mol qiluvchi sanoat sohalarida amalga oshirildi va 167 million kilovatt/soatdan ortiq elektr energiyasi, hamda 54 million kub metr gaz tejash imkonini berdi.

2016 yil fevral oyi holatiga ko‘ra, Hukumatimiz Jahon banki hamkoligida amalga oshirilayotgan loyiha orqali 32 sanoat korxonasida 81ta subloyiha oshirilishi rejalashtirilgan va natijada 539 million kilovatt/soatdan ortiq elektr energiyasi hamda 252 million kub metr tabiiy gaz tejash rejalashtirilmokda.

Сўнгги ўзгартириш: 04.09.2015

Белгиланган матнни тинглаш учун куйидаги тугмани босинг Ишлатилинмокда GSpeech